O‘g‘limni tarbiyalayapman: Go‘daklikdan 24 yoshgacha

Muallif: To‘plam / Pedagogik-ma’rifiy risola

Yil: 2014

Holati: Available (Bepul almashish / Free)

O‘g‘il bola tarbiyasiga bag‘ishlangan mazkur amaliy qo‘llanmada go‘daklik davridan to 24 yoshgacha — mustaqil yigitlik pallasigacha bo‘lgan barcha muhim bosqichlar qamrab olingan. Kitobda o‘g‘il bolaning ona va ota bilan munosabatlari, unda intizom, mardlik va mas’uliyat hissini shakllantirish, zehn kuchli bo‘ladigan davrdan unumli foydalanish hamda yolg‘on gapirishga moyillikni bartaraf etish yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, farzandni sportga jalb etish, ijtimoiy tarmoqlar va «qo‘l telefoni sindromi» kabi zamonaviy xatarlardan asrash bo‘yicha hayotiy tavsiyalar berilgan. Har bir ota-ona uchun foydali tarbiyaviy dasturilamaldir.