Nabaviy tarbiya

Muallif: Adham Sharqoviy

Yil: 2023

Holati: Reading (Bepul almashish / Free)

Mashhur arab adibi va mutafakkiri Adham Sharqoviyning ushbu asari Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning bashariyatga ko‘rsatgan tengsiz ta'lim-tarbiya metodlariga bag‘ishlangan. Kitobda Nabiy alayhissalomning sahobalar, ayollar, yosh bolalar, hatto muxoliflar bilan olib borgan muomala madaniyati, xatoni to‘g‘rilashdagi muloyimligi va kechirimliligi hadislar vositasida teran tahlil etiladi. Muallif zamonaviy pedagogika izlayotgan ko‘plab yechimlar aslida 14 asr oldin Nabaviy hayot tarzida mukammal ko‘rsatib berilganini isbotlaydi. Qalbni ezgulik, mehr va go‘zal axloq nurlari bilan boyituvchi shoh asardir.