Uchgacha ayni vaqti (2-kitob)
Muallif: Masaru Ibuka
Yil: 2023
Holati: Reading (Bepul almashish / Free)
«Sony» korporatsiyasi asoschisi va Erta rivojlanish assotsiatsiyasi rahbari Masaru Ibukaning butun dunyo ota-onalari orasida inqilob yasagan asari. Kitobning ushbu 2-qismida chaqaloqlikdan 3 yoshgacha bo‘lgan davrda bolaning miya faoliyati, xarakteri va asosiy qobiliyatlari shakllanishi bo‘yicha 76 ta amaliy tavsiya beriladi. Muallif bu davrda bolaga majburlab bilim singdirish emas, balki unda mehr, intizom, musiqiy va estetik did hamda mustaqillikni uyg‘otish muhimligini isbotlaydi. Farzandiga baxtli bolalik va mustahkam shaxsiy poydevor qurishni orzu qilgan barcha ota-onalar uchun zarur kitob.