Uyg‘onish vaqti
Muallif: Shabnam Tojigut
Yil: 2023
Holati: Available (Bepul almashish / Free)
Mashhur turk psixolog-tadqiqotchisi Shabnam Tojigutning ushbu kitobi insonning ong osti qatlamlaridagi qo‘rquvlar, bolalik jarohatlari va ichki to‘siqlarni yengishga bag‘ishlangan. Muallif: «Sen ong ostingda, aslida, kimsan?» degan savol orqali kitobxonni o‘z ichki "men"i bilan yuzlashishga chorlaydi. Asarda inson ongini salbiy fikrlar va o‘tmish yuklaridan tozalash, ruhiy uyg‘onish orqali xotirjamlik va o‘ziga bo‘lgan ishonchni tiklash yo‘llari amaliy metodlar bilan tushuntiriladi. O‘z hayotida ijobiy o‘zgarish yasashni, ichki bo‘shliqdan xalos bo‘lib, o‘zining asl salohiyatini kashf etishni xohlagan har bir o‘quvchi uchun foydali psixologik qo‘llanmadir.