Alvido, Vatan!
Muallif: A’zam Hoshimiy
Yil: 2022
Holati: Available (Bepul almashish / Free)
A’zam Hoshimiyning «Alvido, Vatan!» romani XX asrning 30-yillarida mustabid sovet hokimiyati tazyiqlari, qatag‘onlar va xalq boshiga tushgan qonli fojealar tufayli o‘z yurtini tashlab ketishga majbur bo‘lgan vatandoshlarimizning achchiq qismatiga bag‘ishlangan. Asarda muallif guvohi bo‘lgan real voqealar, sarson-sargardonlikdagi muhojirlik hayoti, begonalar yurtida chekilgan vatan sog‘inchi va ayriliq azoblari yuksak dard bilan ifodalangan. Kitob milliy ozodlik va istiqlolning naqadar buyuk ne’mat ekanini chuqur uqtiruvchi, tariximizning fojiali sahifalarini xolis anglashga xizmat qiluvchi muhim badiiy-hujjatli manbadir.