Madaminbek: Qonli gullar vodiysi

Muallif: Baxtiyor Abdug‘afur

Yil: 2023

Holati: Available (Bepul almashish / Free)

Baxtiyor Abdug‘afurning mazkur yirik tarixiy romani XX asr boshlarida Farg‘ona vodiysida sovet bosqiniga qarshi olib borilgan istiqlolchilik harakati va uning yetakchilaridan biri — Madaminbek qo‘rboshi taqdiriga bag‘ishlangan. Asar ko‘p yillik arxiv hujjatlari va xalq xotirasidagi dalillar asosida haqqoniy yoritilgan. Sovet mafkurasi davrida «bosmachi» tamg‘asi bosilgan yurt fidoyilarining asl maqsadlari, xalq ozodligi yo‘lidagi qonli fojialar va ichki ziddiyatlar ta’sirchan badiiy tilda ifodalangan. Vatan ozodligi va milliy g‘urur tuyg‘usi bilan yo‘g‘rilgan mazkur roman yaqin tariximizni xolis anglashda muhim manbadir.