Kichkina shahzoda
Muallif: Antuan de Sent-Ekzyuperi
Yil: 2023
Holati: Available (Bepul almashish / Free)
Fransuz yozuvchisi va mohir uchuvchisi Antuan de Sent-Ekzyuperining butun dunyo mehrini qozongan mashhur falsafiy qissasi. Sahroi Kabirda samolyoti nosoz bo‘lib qolgan uchuvchi o‘zga sayyoradan kelgan g‘aroyib bola — Kichkina shahzoda bilan uchrashadi. Qahramonning o‘z sayyorasi, unga aziz bo‘lgan atirguli va boshqa sayyoralarga qilgan sayohatlari orqali kattalarning ma’nosiz dunyosi samimiy bolalar nigohi bilan taftish qilinadi. «Faqat qalb ko‘zi bilangina hamma narsani aniq ko‘rish mumkin, eng asosiy narsani ko‘z bilan ilg‘ab bo‘lmaydi» falsafasiga qurilgan ushbu asar mehr, mas’uliyat va do‘stlik haqida yozilgan tengsiz asardir.